Daily Mail: Chelsi SSKA futbolchisini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 may 2017, 11:44
SSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Chelsi qiziqishiga kirib qoldi.

London klubi rossiyalik 20 yoshli futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan. Uning transfer narxi 20 million funtga baholanmoqda.

Chelsi bosh murabbiyi Antonio Konte va sport direktori Maykl Emenalo Romelu Lukaku (Everton), Virgil van Deyk (Sautgempton), Leonardo Bonuchchi (Yuventus) va Temue Bakayoko (Monako) borasida ishlashmoqda.

Bu mavsumda Golovin Rossiya chempionatining 29ta o'yinida 3ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk