

Bekkenbauer Malta FFning o'sha vaqtdagi prezidenti Jozef Mifsud bilan kelishgan. Kelishuv doirasida "Bavariya" va Malta terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi ham kerak bo'lgan.
CWL telekompaniyasi o'sha o'yinning translyatsiyasini 250 ming dollarga sotgan.
Bekkenbauer Bavariya bilan o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish borasida ishtirok etgan. Menimcha Maltada Mifsud bilan shartnoma tuzgan. Germaniya tomoni doim hech qanday yomon ish qilamganini aytib keldi. Balki ular konvertlar orqali pul berishmagandir, ammo barchasi ayonku.
Nima uchun Bekkenbauer Maltaga uchib borib Mifsud bilan uchrashganini va Bavariya bilan o'yin borasida shartnoma tuzganini tushuntirib beringlarchi, – deydi Malta FFning hozirgi rahbari Norman Demadjo.



