Dahshat! "Monako" so'nggi 123 daqiqada nechta gol o'tkazib yuborganini bilasizmi?
Mirjalol Normatov
22 apr 2018, 11:26
Fransiyaning o'tgan mavsumdagi chempioni "Monako" PSJdan (1:7) yirik hisobda mag'lub bo'lganidan keyin "Gengam"ga (1:3) ham mag'lub bo'ldi.
Jamoa barcha gollarni 123 daqiqada o'tkazib yubordi. PSJdagi uchrashuvda hisob 14-daqiqada ochilgan bo'lsa, "Gengam" "Monako" darvozasiga uchinchi golini 47-daqiqada kiritdi.
Shunda monegasklar har 12,3 daqiqada bittadan gol o'tkazib yuborishdi.