SSKA Zaynutdinovni qanchaga sotib oldi?

Eldor Akmurzayev
25 avg 2020
Avvalroq, “Rostov” xavbeki Baxtiyor Zaynutdinov “moskvalik armiyachilar” a'zosiga aylangani haqda xabar bergandik.

Transfermarkt portali SSKAning Qozog'iston milliy jamoasi futbolchisi uchun to'lagan summani ma'lum qildi.

Ushbu transfer moskvaliklar uchun 2 mln evroga tushgan. 22 yoshli futbolchining Transfermarktdagi narxi ham shuncha ko'rsatilgan.

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor yangi jamoasi bilan besh yillik bitim imzoladi va u 19-raqam ostida harakat qiladi.

Zaynutdinov joriy mavsum “Rostov” safida to'rtta o'yinda maydonga chiqdi va 2 bor sariq kartochka oldi. Uning donliklar safidagi o'tgan mavsumdagi statistakasi esa quyidagicha: 19 bahs, 4 gol+2 assist.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sports.kz