SSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullaevni ijaraga berish kerak"

Khoja
2 iyun 2025, 09:24
SSKA sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

"Fayzullaev SSKAda o'zini yo'qotib qo'ygandek. Uning to'liq rivojlanishi uchun uni ijaraga berish kerak. Bu SSKA uchun kelajakdagi foydali sotuv uchun yaxshi samara beradi. Bahorda Abbos SSKA uchun ahamiyatli futbolchilar qatoridan tushib qoldi. U harakat qilmoqda, biroq bu natija bermayapti", - dedi Masalitin.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com