

Biroq bir necha kundan beri muxlislar tomonidan nega Abbosning transferi e'lon qilinmagani borasida savollar paydo bo'lmoqda. Ma'lum bo'lishicha, SSKA bilan shartnoma imzolashi lozim bo'lgan har qanday futbolchi uch kunlik tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim bo'ladi. Hamma narsa joyida bo'lganidan so'ng klub futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.
Ayni kunlarda Abbos Fayzullaev ham tibbiy ko'rikdan o'tmoqda, barchasi yakunlanganidan so'ng futbolchimiz SSKA a'zosiga aylanadi.



