

Bahs mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi. 10 daqiqada Vorobyov hisobni ochdi. SSKA ustozi vaziyatni tezroq o'nglash uchun birinchi bo'limning yarmidayoq Abbos Fayzullayevni maydonga tushirdi. Biroq kutilmaganda Fayzullayev "temiryo'lchilar"ning ikkinchi golidan qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va "Lokomotiv" futbolchisi bundan foydalanib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Shunga qaramay "armiyachilar" o'ziga kela olishdi va 47 hamda 80 daqiqalardagi gollar evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolishdi.



