Crvena Zvezda - 28 karra Serbiya chempioni!

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018
Crvena Zvezda muddatdan avval Serbiya chempioniga aylandi.

34-turda Belgrad klubi Napredakni mag'lub etib (2:0) 51 ochko jamg'ardi.

Chempionat tugashiga 3 tur qolganida Crvena Zvezda ikkinchi o'rindagi Partizan uchun (33ta o'yinda 39 ochko) yetib bo'lmas jamoaga aylandi.

Crvena Zvezda o'z tarixida 28-marta mamlakat chempioni bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia