“Co'g'diyona” bugun yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2018, 07:20
Davralar oralig'idagi tanaffusda tarkibni kuchaytirish borasida samarali ish olib borgan “So'g'diyona” yig'in davomida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushib, ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

Bugun “So'g'diyona” murabbiylar shtabiga harakatlari maqul kelib, jamoa bilan shartnoma imzolagan futbolchilarni tanishtiruv marosimi o'tkaziladi. Tadbir 8 iyul kuni soat 17:30 da “So'g'diyona” stadionida boshlanishi rejalashtirilgan. “So'g'diyona” PFK rahbariyati tanishtiruv marosimiga OAV xodimlari va muxlislarni taklif etadi.

Ma'lumot o'rnida, tanishtiruv marosimidan so'ng “So'g'diyona” jamoasi mashg'ulotlarining  15 daqiqasi ochiq tarzda o'tkaziladi.

8 iyul kuni “So'g'diyona” stadionida barcha muxlislarni ko'plab syurprizlar kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати