Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" Navoiyda 3 ochkoni qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2020, 22:10
Coca Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 

YANGILASH



90+3. O'yin tugadi "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:2

90. O'zgarish. "Paxtakor". Farrux Sayfiev o'rniga Akrom Komilov tushdi

83. O'zgarishlar. "Paxtakor". Derdiyok o'rniga Sergeev, Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov, Hamdamov o'rniga Sidiqov tushirildi

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Masharipov burchak to'pini amalga oshirdi, barchadan baland sakragan Eren Derdiyok gol urdi - 0:2. 

64. UXXXXX! Eldorbek Suyunov to'pga chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Makkartni to'pni raqib darvozabonidan olib qo'ydi va bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi...

62. ZARBAA! Farruh Sayfiev chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib keldi va erlatib kuchli zarba yo'lladi. Artyom Makosin mahorat ko'rsatib, jamoani goldan saqlab qoldi. Seyv!

60. Cheranning uzatmasidan keyin darvozabonni aldab o'tgan Derdiyokka zarba berish uchun masofa yetishmadi

55. Aajoyib hujumdan keyin Cheranning zarbasi darvozaga to'g'ri bormadi

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dostonbek Hamdamov darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:1.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45+1. ZARBA! Hamdamovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

42. Ogohlantirish. "Qizilqum". Sherali Jo'raev  

39. Hamdamovning 16 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin to'p salgina noaniq ketdi

35. ZARBA! O'ng qanotdan Hamdamov uzatgan to'pni Derdiyok to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi 

30. Hamdamovning xavfli vaziyatda oshirgan to'piga hech kim ulgurmadi

21. ZARBA! Sunnatilla Abdullajonov darvoza tomon chamasi 25 metrlardan erlatib kuchli zarba berdi. Suyunov to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi

20. Makkartni katta tezlikda Sayfievni taqib qildi va uni xato qilishga majbur qildi..

19. Margievning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

14. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

11. ZARBA! Cheranning uzatmasidan keyin Sayfiev qulay vaziyatda noaniq zarba yo'lladi

8. Xavfli vaziyat. Sanoev burchakdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Suyunov mushtlari bilan to'pni qaytardi

1. O'yin boshlandi. 


Coca Cola Superliga. 6-tur
25 iyun, payshanba
20:15 QIZILQUM – PAXTAKOR 0:2
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Shohruh A'zamov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said 

Gollar: Dostonbek Hamdamov 47, - 0:1. Eren Derdiyok 74, - 0:2 (Jaloliddin Masharipov).

"Qizilqum": 22.Artyom Makosin, 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 23.Sherali Jo'raev, 25.Aziz Usmonov, 29.Makkartni Naveseb, 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov.
Zaxira: 1.Ruslan Matniyazov, 3.Ilhomjon Alijonov, 5.Abdi Bashimov, 7.Vezirgeli Ilyasov, 9.Humoyun Abdualimov, 15.Vohid Shodiev, 18.Nodirxon Kamolov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 94.Doniyor Usmonov.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 83), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.Sherzod A'zamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov, 83), 34.Farruh Sayfiev (4.Akrom Komilov, 90), 77.Eren Derdiyok (11.Igor Sergeev, 83).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 15.Egor Krimec, 29.Vladimir Kozak.

Ogohlantirishlar: Sherali Jo'raev 42.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia