

Biz esa mazkur tur oldidan jamoalarning o'zaro o'yinlaridagi seriyalariga nazar solamiz.
- "Navbahor" "Neftchi"ni mehmonda so'nggi bor 2004 yil mag'lub etgan. Samvel Babayan shogirdlarining Farg'onadagi g'alabasiz seriyasi 14ta o'yinni tashkil qiladi.
21.03.2004. Superliga 4-tur
"Neftchi" - "Navbahor" 0:3

- "Qo'qon-1912"ning Toshkentdagi yagona g'alaba e 1994 yilgi mavsumda qayd etilgan (2:4). "Qo'qon-1912"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 13ta o'yinga etdi. Qo'qonliklar 8-turda "Lokomotiv" ustidan qo'lga kiritgan g'alabasi hozirgacha yagona bo'lib turibdi.

- "Surxon" "So'g'diyona"ni 5ta uchrashuvdan beri yuta olayotgani yo'q.
- "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasisi 6ta o'yinni tashkil qilmoqda. Jamoa so'nggi bora 15-turda safarda "Dinamo"dan ustun kelgandi.

- "Bunyodkor" AGMK bilan 6ta o'yindan beri maydonni 3 ochkosiz tark etmoqda. So'nggi g'alaba 2019 yilda qo'lga kiritilgan. "Qaldirg'ochlar" o'z maydonlarida 2017 yil olmaliqliklardan ustun kelishgani so'nggisi bo'lmoqda.




