Coca Cola Superligasi. "Nasaf" Namanganda so'nggi soniyalarda gol urib mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2019
Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yining natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuvning 7-daqiqasida Ivan Solovyovning o'ng tarafdan oshirgan to'pini Muhammadjon Sultonov darvozaga yo'lladi. Lekin uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

21-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

30-daqiqada Sharof Muhitdinovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

38-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pga esa Azizbek Turg'unboev noaniq zarba berdi.

40-daqiqada Azizbek Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

50-daqiqada Bobir Abduxoliqovning kuchli zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

55-daqiqada Sharof Muhitdinovning zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon O'tkir Yusupov qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

63-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Abduvohid Ne'matov ushlab oldi.

68-daqiqa. Sharof Muhitdinovning zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon O'tkir Yusupov qaytardi.

75-daqiqada Obid Jo'raboevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Abduvohid Ne'matov qaytardi.

77-daqiqada Nodir Mavlonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

80-daqiqada Aleksandr Kasyanning zarbasidan keyin, to'pni darvozabon Abduvohid Ne'matov qaytardi. Qaytgan to'pni Aziz Ibragimov kuchli zarbasi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 1:0.

90+3-daqiqada "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov hisobni tenglashtirdi - 1:1.



NAVBAHOR – NASAF 1:1 LIVE
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Adhamjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Aziz Ibragimov 80, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 90+3, - 1:1.

“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg'unboev (95. Nodir Mavlonov, 60), 11. Aleksandr Kasyan, 15. Obid Jo'raboev, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban (s), 55. G'iyosjon Komilov, 98. Muhammadjon Sultonov (4. Aziz Ibragimov, 46), 99. Amirbek Jo'raboev (8. Shahzod Shaymanov, 74).
Zaxira: 23. Dilshod Hamroev, 5. Slavko Lukich, 29. Hojiakbar Yunusov, 34. Komiljon Tojidinov, 77. Ayubxon Nomanov,

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 6. Azizjon G'aniev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtazoev, 10. Bobir Abduxoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 19. Sardor Abduraimov (27.Islom Rashidxonov, 85), 28. Xurshidbek Muxtorov (34. Sherzod Nasrullaev, 85), 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s).
Zaxira: 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 65. Azamat Soyibov, 15. Jo'rabek Mannonov, 17. Doniyorjon Narzullaev, 30. Xudoyorxon Sadullaev, 50. Shohmalik Komilov.

Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov 64, Shahzod Shaymanov 86, Husniddin Aliqulov 90+2.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia