Coca Cola Superligasi. “Surxon” Buxoroda g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2019
Coca Cola Superligasi 19-turi doirasidagi “Buxoro” – “Surxon” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 12-daqiqasida A'zam Aliev jarima to'pini amalga oshirdi, Rahimjon Davronov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

25-daqiqada Sardor Sulaymonov uchrashuvda hosibni ochishi mumkin edi, uning zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi. Keyingi vaziyatda Fatxulloevning uzatib bergan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

34-daqiqada Shavkat Salomovning kuchli zarbasini Rahimjon Davronov egallab oldi.

36-daqiqada Darko Stanoevichning boshi bilan bergan zarbasi juda xavfli chiqdi.

42-daqiqada Asilbek Amonov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

44-daqiqada Behruz Shodmonovning kuchli zarbasini yana Asilbek Amonov qaytardi.

47-daqiqada Shavkat Salomov mezbonlarning himoyachisi va darvozabonini aldab Norbekovga to'pni uzatdi, Shoxnazar esa hisobni ochdi - 0:1. 

78-daqiqada Abrorbek Ismoilovning zarbasi biroz noaniq.

87-daqiqada Eldor Boymatov ajoyib tarzda Norbekovni birga-bir vaziyatga chiqargan edi. 

90+4-daqiqada Abdulaziz Yusupov mezbonlar darvozasiga ikkinchi golni urdi - 0:2. 

O'yinda "Surxon" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 


“Buxoro” – “Surxon” 0:2
13 sentyabr 2019 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Shoxrux A'zamov, Isxaq Ibragimov
Nazortachi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Shoxnazar Norbekov 47, - 0:1. Abdulaziz Yusupov 90+4, - 0:2.

“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Boburjon Amonov (Vili Isiani, 86), Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov, Sardor Sulaymonov, Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartiya, Andrey Sidorov (Shahzod Beshimov, 63), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev (Anvarjon Jo'raev, 51).
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Asiljon Begimqulov, Davronbek Umirov, Artyom Kulesha.

“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov, Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, A'zamjon Aliev (Shoxnazar Norbekov, 16) (Duglas, 90), Darko Stanoevich, Asror G'ofurov.
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Ravshanbek Xursanov, Azamat Allaniyazov, Abbosbek Maxstaliev, Behruz Sadullaev, Suhrob Ne'matov, Lukas.

Ogohlantirishlar: Rahmatullo Berdimurodov 72, Asadbek Sobirjonov 73.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia