Coca Cola Superligasi. Bugun 4-turning so'nggi uchta uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2020
Bugun Coca Cola Superligasida 4-tur o'yinlari yakuniga etadi.

Coca Cola Superliga. 4-tur
15 iyun, dushanba
18:00 “Surxon” - “Mashal” “Dunyo bo`ylab” TV LIVE
Hakamlar:
Akobirxo'ja Shukurullaev, Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonbev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Ahmed Tillaev

Vohaning ushbu ikki klubi bugunga qadar milliy chempionatimizda 10ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 5 bor "gazchilar" 3 ochko egasiga aylanishgan, 2 marta termizliklarning qo'li baland kelgan. Uchta o'yinda durang kuzatilgan.

Bu jamoalar elitada 2004 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. "Mashal" o'z tarixida hech qachon Termizda g'alaba qozona olmagan.



18:30 “Buxoro” - “Andijon” “Sport” TV LIVE
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Temur Galeev, Doniyor Saylavov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

"Buxoro" va "Andijon" o'zaro 46ta uchrashuv o'tkazishgan. 21ta bahsda "Buxoro", 13ta o'yinda "Andijon" muvaffaqiyat qozongan. 12ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

"Burgutlar" bu raqib maydonida o'tgan 23ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba bilan qaytishgan (2008 yil). "Buxoro" o'z uyida oxirgi 5ta uchrashuvning barchasida bu jamoani mag'lub etgan.




19:00 “Lokomotiv” - “Metallurg” “Mahalla” TV LIVE
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Shoxrux A'zamov, Artyom Kalinin, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Sherzod Rajabov

Ushbu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 32 bor to'qnash kelishgan. 18 marta "temiryo'lchilar", 4 bor bekobodliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Metallurg" o'z tarixida hech qachon "Lokomotiv" maydonida g'alaba qozona olmagan (4ta durang va 12ta mag'lubiyat).
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia