

Mavsum davomida eng ko'p golli uzatmani "Qizilqum" hujumchisi Aleksandar Stanisavlevich amalga oshirgan. Serbiyalik futbolchi 9 bor sheriklarining gol urishiga zamin yaratgan.
Keyingi o'rinni "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov egallagan. Terma jamoaning bu safargi yig'iniga ham chaqirilmagan futbolchi 6 marta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, Iskanderovning jamoadoshi va otdoshi Jamshid Boltaboev hamda "Paxtakor" himoyachisi Farruh Sayfievda 5 ta assist mavjud.


