Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" darvozaboni va "Metallurg" legioneri "xavf ostida"

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2020, 20:48
19-21 iyun kunlari Coca Cola Superligada 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ortda qolgan 4ta turda ikki nafar futbolchi 3tadan sariq kartochka olgan va ular uchun navbatdagi ogohlantirish diskvalifikaciyaga aylanadi.

"So'g'diyona" posboni Milan Mitrovich 4ta o'yinda 3 bor ogohlantirildi. Jizzax klubi 5-turni Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

"Metallurg" yarim himoyachisi Evgeniy Chumak ham 4ta turda uchta sariq kartochka olishga ulgurdi. "Metallurg" keyingi turni Andijonda o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, 5-turda "Surxon" yarim himoyachisi Shavkat Salomov va "So'g'diyona" himoyachisi Shavkat Mullajonov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmaydi. 3-turda qizil kartochka olgan bu futbolchilar 4-turni ham o'tkazib yuborishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia