Coca-Cola Superliga o'tish o'yinida VAR tizimidan foydalaniladi

Alisher
30 noya 2021, 10:44
Xabaringiz bor, Pro liga 2021-yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra 3-pog'onani band etgan “Olimpik” jamoasi Coca-Cola Superligada 12-o'rinni egallagan “Mashal”ga qarshi o'tish o'yinida maydonga tushadi.

Coca-Cola Superliga o'tish o'yinini yuqori darajada tashkil etish, ayniqsa unda shaffoflikni taminlash maqsadida 2 dekabr kuni o'tkaziladigan uchrashuvda Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo'ldi. Uchrashuvda VAR tizimi ishlashi bo'yicha yuborilgan so'rovni FIFA tasdiqladi va o'yinni “Paxtakor” stadionida o'tkazishga ruxsat berildi. Shu tariqa Coca-Cola Superliga yo'llanmasi taqdiri hal bo'ladigan uchrashuv avvalboshidan reja qilinganidek, “Jar” stadionida emas, balki “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va 2 dekabr, payshanba kuni soat 16:00 da start oladi.

 

O'tish o'yini

2 dekabr, payshanba

16:00 OLIMPIK - MASH'AL 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz