Cho Suk Ja "Lokomotiv"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
22 may 2018
"Lokomotiv"ning koreyalik hujumchisi Cho Suk Ja jamoani tark etgani ma'lum bo'ldi.

"Cho Suk Jani o'z uyiga ketkazib yubordik. U ham yaxshi saviyali futbolchi, biroq u begona davlat futbolini, begona tilni o'rgana olmadi. U o'z mamlakatini, yaqinlarini sog'indi va shu boisdan u rahbariyatga kelib, kyetishini va o'zining o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni aytdi", - dedi "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Qizilqum"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia