Chiro Immobile Italiyaga qaytmoqchi

"Milan" klubi Chiro Immobileni Italiyaga qaytarmoqchi.
"Borussiya D" hujumchisi Chiro Immobile yozda jamoasini almashtirishga yaqin turibdi. Italiyalik hujumchi Germaniyada turgan uyini sotuvga qo'yishga ham ulgurgan. "Milan" klubi Chiro Immobileni sotib olishga qiziqishmoqda. "Rossonerilar" Immobile uchun 15 million evro berishga tayyorlar. Futbolchi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas va buning uchun maoshini kamayishiga ham rozi.

Manba: sports.ru