Chili – Argentina. Vidal finalning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
Narzulla Saydullayev
5 iyul 2015, 09:16
Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Amerika kubogi-2015 finalida eng yaxshi futbolchi bo'ldi.
120 daqiqa davomida 28 yoshli futbolchi 53 ta pas oshirdi (aniqik – 89%) va ikki marta zarba berdi. Bundan tashqari u penaltilar seriyasida aniq zarba yo'lladi.