Chicharito Meksika terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchiga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2017, 12:00
Meksika terma jamoasi bugun JCH-2018 saralashi doirasida Kosta-Rikani mag'lub etdi (2:0).

Uchrashuvdagi ilk golni Bayer hujumchisi Xaver Ernandes urdi. Bu futbolchining milliy terma jamoadagi 46-goli bo'ldi.

Shu tariqa, Chicharito terma jamoaning eng yaxshi to'purari Xared Borxettiga yetib oldi.

Qizig'i ikkala futbolchi ham 46-golini 89-uchrashuvida urishgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk