Chicharito: "Anchelotti van Galga o'xshamaydi va menga Fergyusonni eslatib yuboradi"

Aslanov Jasurbek
1 may 2015, 12:43
"Real" hujumchisi, Chicharito nomi bilan mashhur Xaver Ernandes jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini "Manchester Yunayted" ustozi Lui van Gal va mankunianlar sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson bilan solishtirdi.

"Anchelotti va van Gal bir birida farq qiladi. Karlo ko'proq futbolchilar bilan aloqada bo'ladi va u o'zini bosib olgan inson. Van Gal juda qattiqqo'l va tartibga katta e'tibor beradi. Anchelotti esa menga Fergyusonni eslatib yuboradi, u o'z o'yinchilariga ko'proq erkinlik beradi" - deydi Ernandes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com