
Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin vaqt ichida chexiyalik biznesmen vakillari London klubini xarid qilish bo'yicha muzokaralarni boshlashadi. Kellnerning boyligi 15,5 mlrd dollarga baholanmoqda.
Kellnerning "Chelsi" egasi Roman Abramovich bilan munosabatlari yaxshi.
Oldinroq, Abramovich "Chelsi"ni 2,5 mlrd funt evaziga sotishi mumkinligi e'lon qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Abramovich 2003 yilda "Chelsi" klubini 140 mln evro evaziga sotib olgandi.