"Chelsi" darvozaboni Petr Chex faoliyatini "Arsenal"da davom ettirmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, 32 yoshli posbon faoliyatining qolgan qismini "to'pchilar" safida o'tkazishiga 99% ishonadi. Unga to'siq bo'ladigan yagona narsa, "ko'klar" rahbariyatining qarshiligi. "Arsenal" ushbu transfer uchun 10 mln. funt to'laydi.