Cherchi bir-bir yarim oydan so'ng safga qaytadi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016, 18:45
"Atletiko" hujumchisi Alessio Cherchi qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi.

Italiyalik futbolchi jarohat tufayli may oyidan beri maydonga tusha olmaydi.

"Shikastlanish havotirlantirayotgani yo'q, tizzam yaxshi. Bir yoki bir yarim oydan so'ng o'ynay olaman. Yugurish mashqlarini boshladim va tez orada og'irroq mashqlarni bajarishga kirishaman" - deydi Cherchi.

29 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport