

Hozirda milliy jamoada Rossiya passportiga ega bo'lgan ikki braziliyalik bor – Marinato Gilerme va Mario Fernandes.
-Malkom Rossiya fuqoroligini olishni o'ylamoqda. U termaga yordam bergan bo'larmidi? Yevropa va jahondan futbolchilar izlanmoqdami?
- Hech kimdan hech narsa so'ramaymiz va bunday qilmaymiz ham. Har kim xohishi va biror sababga ko'ra o'z qarorini qabul qiladi. Agar yuridik jihatdan u o'ynay olsa, buni ko'rib chiqamiz. Xuddi, boshqalar kabi. Fuqorolikni olishni so'rash – terma jamoaga avtomatik chaqiruv chiptasidir. Bizda boshqa ligalarda o'ynovchi rossiyaliklar ham bor. Barchasini qamrab olish, ularni kuzatish esa bizning vazifamiz. Agarda Rossiya pasportiga ega bo'lgan futbolchi qayerdadir o'ynayotgan bo'lsa, nega unga e'tibor qaratmaslik kerak”, deydi Cherchesov.



