Chempionship 2021/22 yilgi mavsumida qatnashadigan barcha klublar ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
30 may 2021
“Blekpul” pley-off finalida “Linkoln”ni engib, 2-divizionga ko'tarildi.

Shu tariqa, Chempionship 2021/22 yilgi mavsumida qatnashuvchi klublar nomi ma'lum bo'ldi.

Liga 1'dan ko'tarilganlar – “Xall Siti”, “Piterboro Yunayted”, “Blekpul”

APLdan tushib ketganlar – Fulxem, “Vest Bromvich Albion”, “Sheffild Yunayted”

Pley-offdan o'ta olmaganlar – “Bornmut”, “Suonsi”, “Barnsli”

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra quyi divizionga ravona bo'lganlar – “Uikom Uonderers”, “Roterem Yunayted”, “Sheffild Uensdey”

Eslatib o'tamiz, Chempionship navbatdagi mavsumi avgust oyida boshlanadi va 2022 yil mayida tugaydi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia