Chempionlar ligasining 4ta turida eng ko'p Kevin De Bryuyne yugurgan

Aslanov Jasurbek
7 noya 2017, 18:45
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4ta uchrashuvida eng ko'p masofa bosib o'tgan futbolchi bo'ldi.

Belgiyalik 360 daqiqa ichida 48 052 metr masofa yugurdi.

De Bryuyne o'rtacha har bir daqiqada 133,48 metr yugurgan, biroq bu joriy mavsumdagi eng yuqori ko'rsatkich emas. "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen bir uchrashuv kam o'tkazgan bo'lsada, biroq 37 935 metr masofani bosib o'tgan va o'rtacha har bir daqiqada 140,5 metr yugurgan.

Krishtianu Ronaldu (360 daqiqa) - 36 870 metr

Lionel Messi (360 daqiqa) - 29 802 metr

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com