Chempionlar ligasida VAR tizimi bo'lmaydi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichidan boshlab VAR tizimi qo'llanilishi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Bunday ma'lumot qayerdan paydo bo'lganini bilmayman, biz VAR tizimidan foydalanmoqchi emasmiz. To'g'risini aytsam, uning foydasiga hali ham ishonmayapman. Bazi narsalarni aniqlashtirib olish lozim. Masalan, bahsli vaziyatni kim ko'rishi kerak - videoassistentmi yoki bosh hakam? Muxlislar buni tushunishmayapti, jurnalistlar ham shunday. Referilar nimani ko'rayotgani va ko'ra olmayotgani tushunarsiz.

Bir kun kelib VAR tizimidan foydalanishimizni yaxshi bilamiz, ammo buni hammasi tayyorligida qilish kerak. Tizim har tomonlama tayyor bo'lishi lozim. Chunki Chempionlar ligasi oddiy turnir emas, unda butun Yevropa ishtirok etadi" - deydi Cheferin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia