Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017, 16:29
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan futbolchi nomini e'lon qildi.

Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahsda (3:2) gol urgan Krishtianu Ronaldu 41% ovoz bilan hafta futbolchisiga aylandi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Ronaldu "Liverpul" yarim himoyachisi Koutino (38%), PSJ xavbeki Korentin Tolisso (8%), "Shaxtyor" futbolchisi Bernard (5%), "Chelsi" yulduzi Eden Azar (3%), "Barselona" hujumchisi Pako Alkaser (2%), "Tottenxem" forvardi Son Xyon Min (1%) va "Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadradoni (1%) ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia