"Chelsi"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi - Vlaxovich

Omonjon To`xtamirzayev
22 may 2023, 13:01
"Yuventus" klubi forvardi Dushan Vlaxovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" 80 mln evro evaziga "Yuventus" ujumchisi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, londonliklar 23 yoshli serbiyalikni o'zlarining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlari sifatida belgilab olishgan. 

Futbolchi turinliklar safiga 2022 yil yanvarida "Fiorentina"dan borib qo'shilgan. Dushanning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga uch yil bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calciomercato