Chelsining yozdagi 60 millionlik xaridi 4 oyga safdan chiqdi

Alisher
9 avg 2023, 09:15
Chelsining yangi hujumchisi Kristofer Nkunku mavsum starti arafasida uzoq muddatga safdan chiqdi.

Borussiya Dga qarshi o'yinda jarohat olgan fransiyalik forvard tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazgach, uzoq muddatga safdan chiqqani ma'lum qilindi. The Athletic xabariga ko'ra, Nkunkuning tiklanib safga qaytishi uchun 4 oy talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli francuz o'tgan mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 4ta assist qayd etdi. Nkunku yozda Leyptsigdan 60 million evro evaziga Chelsiga ko'chib o'tdi. U londonliklar bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolagan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com