

"Aristokratlar"ni tark etishi kutilayotgan futbolchilar darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Eden Azar, Oskar va hujumchi Diego Kosta.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "ko'klar"ning nomi e'lon qilinmayotgan manbasi bu haqda ma'lum qilgan:
"Ha, ularning klub bilan shartnomasi bor, ammo bu bitimlar mavsum oxirigacha uzaytirilmaydi.
Ular kelajakda bizning klub futbolchisi bo'lmoqchi emaslar".
Bu to'rt futbolchilar orasida Eden Azar tilga olingan. Transfer mish-mishlari ko'pincha Azarni "Real" bilan bog'layotgan edi, ammo bir necha kun oldin FIFA "Qirollik klub"ga 2 transfer oynasi mobaynida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi. Xo'sh belgiyalik qanday qaror qabul qiladi?



