"Chelsi"ga "Inter" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
28 iyul 2018
"Chelsi" rahbariyati "Inter" futbolchisi Matias Vesinoni o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qilmoqda.

Urugvaylik futbolchining jamoaga o'tishini Mauricio Sarrining o'zi istamoqda. Mauricio uning kuchli taraflarini yaxshi biladi va buni "Stemford Brij"da amalda sinab ko'rmoqchi.

Klubga yaqin manbaga qaraganda, "neradzurri" futbolchi uchun 35 mln evro so'ragan. Tomonlar bugun muzokaralarni boshlab yuborishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia