"Chelsi"da yangi texnik direktor ish boshladi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 17:05
"RB Leyptsig"ning sobiq xodimi "Chelsi"da ishlashga o'tdi.

London klubi 36 yoshli Kristofer Vivellni texnik direktor etib tayinlanganini e'lon qildi.

Bundesliga klubida xuddi shu lavozimda faoliyat yuritgan germaniyalik mutaxassis oktyabr oyidan buyon skautlik bilan shug'ullanib kelayotgandi.

Vivell "Zalcburg"da skautlar bo'limi boshlig'i sifatida ham ishlagan va bundan oldin "Xoffenxaym"da birinchi jamoa skauti bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com