Chelsida uchinchi Azar paydo bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017
Chelsi skautlari Borussiya M yarim himoyachisi Torgan Azarni kuzatishmqda.

Germaniya chempionatining 13ta turida 24 yoshli belgiyalik futbolchi 5ta gol urdi va 3ta golli pas oshirdi.

Azar 2012-2015 yillarda Chelsi a'zosi edi, ammo klub safida umuman o'ynamay Zyulte-Varegem va Borussiyada ijaraga berilgandi.

Torganning katta akasi – Eden Chelsida 2012 yildan buyon faoliyat olib bormoqda, ukasi – Kilyan shu yilning avgust oyida ko'klar bilan shartnoma tuzgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de