"Chelsi" Zidan, Pochettino va Potter bilan muzokara olib boradi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2022, 15:33
Hozirda "Brayton"da ishlayotgan Grem Potter "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Klub, shuningdek, PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va hozirda ishsiz bo'lgan "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan ham muzokaralar olib boradi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Chelsi" bugun "Brayton" bilan bog'lanib, Potter bilan muzokara o'tkazish uchun ruxsat oladi. Bundan tashqari, London klubi Pochettino va Zidan bilan muloqot qilishni rejalashtirgan.

Bugun "Chelsi" Tomas Tuxel bilan hamkorlikni yakunlaganini e'lon qildi. U klubda 2021 yilning yanvaridan beri ishlayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports