“Chelsi” jumagacha Fabregas transferini hal qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2014
“Chelsi” jumagacha Sesk Fabregas bo'yicha transfer shartnomasini tuzib olmoqchi.
Angliya OAVlarining ma'lumotiga ko'ra, londonliklar shartnomaning barcha shartlarini kelishib olishmoqchi va futbolchi uchun 27 million funt to'lashga tayyor.

Avvalroq Fabregasga Angliyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirishayotgani xabar qilingandi, ammo “Manchester Yunayted” klubi ispaniyalik futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi.

Futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan va haftalik maosh 200 ming funt bo'lishi kutilmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com