

“Chelsi” futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Qayd etilishicha, “aristokratlar” Paredes uchun “Zenit”ga 30 mln evrolik taklif yuborgan. Leandroning o'zi ham Rossiyani tark etish niyatida. Agarda u Londonga keladigan bo'lsa, “Chelsi” bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa 4,5 mln evroni tashkil qiladi.



