"Chelsi" "Yuventus"ga Jorjinoning transfer narxini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
17 may 2020
"Chelsi" yarim himoyachi Jorjinoning transfer narxi borasida bir qarorga keldi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida 70 mln evroga sotib yuborishga tayyor turibdi.

Oldinroq "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri italiyalik futbolchini o'z jamoasiga olib kelishni istayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Ushbu mavsumda 28 yoshli Jorjino "Chelsi" tarkibida 37 o'yinda 7 gol va 2 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport