

Bu haqda "London Evening Standard" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "aristokratlar" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem va "Vest Xem" xavbeki Deklan Raysga qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli Bellingem joriy mavsum Dortmundning "Borussiya" klubi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli Rays "Vest Xem" libosida 15 ta o'yinda harakat qilib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.



