“Chelsi” yarim himoyachisi PSJga o'tishga rozi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2023
“Chelsi” a'zosi Hakim Ziesh faoliyaini PSJda davom ettirishi kutilmoqda, deb xabar beradi insayder Fabricio Romano.

Unga ko'ra, tomonlar 29 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokara olib bormoqda. Zieshni o'zi esa parijliklar safiga borib qo'shilishga rozi. Bugun qo'shimcha muzokaralar bo'lib o'tishi aytilmoqda.

Marokash TJ a'zosi joriy mavsum klub miqyosida 15 bahsda qatnashib, bitta pas berdi. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi 2025 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali esa futbolchini 20 mln evroga baholamoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano