Chelsi yanvar oyida Fernando Lorenteni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2016, 08:17
Suonsi hujumchisi Fernando Lorente Chelsi qiziqishiga sabab bo'ldi.

As nashri xabariga ko'ra, londonliklar 31 yoshli hujumchini qishda sotib olishmoqchi. Bu yo'l bilan ular Mishi Batshuayi va Diego Kostaga raqobatni yanada kuchaytirishmoqchi.

Lorente Chelsi ustozi Antonio Konte bilan Yuventusda birga ishlagan.

APL 15ta o'yinida Lorente 6ta gol urdi va bitta golli pas oshirdi.

Batshuayi esa 11ta o'yinda 1ta gol urdi va 1ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com