"Chelsi" yana bir futbolchisini sotib yubordi

Khoja
7 avg 2025, 10:50
"Chelsi" yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu faoliyatini APLning boshqa bir jamoasida davom ettiradi.

London klubi fransiyalik futbolchini "Bernli"ga sotdi. Ushbu transfyerdan londonliklar 29 million evro ishlab oldi. Lesli Ugochukvuning o'zi esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsum futbolchi "Sauntgempton"da ijarada o'ynagandi. U 31 ta uchrashuvda 3 tadan gol va golli uzatmani amalga oshirgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru