"Chelsi" xo'jayini Ronalduni klubida ko'rmoqchi

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2022
Tomas Tuxel pressingga sodiqligi uchun Krishtianu Ronalduni rad etgani haqidagi mish-mishlarga qaramay, portugaliyalik hujumchining "Chelsi"ga o'tishini inkor etib bo'lmaydi.

Nufuzli The Athletic xabariga ko'ra, London klubi ayni damda vaziyatni kuzatmoqda va yuqori darajadagi transfer ehtimolini baholamoqda.

Shaxsan "Chelsi" xo'jayini Todd Bolini Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash fikri qiziqtirmoqda.

Avvalroq OAVda Krishtianu Ronaldu jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic