“Chelsi” Villian bilan muzokaralarni boshladi

4 iyul 2020, 09:25
London klubi braziliyalik futbolchini jamoada olib qolishni ko'zlamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Villian “Chelsi”dan 3 yillik kelishuv so'ramoqda. Londonliklar esa 2 yillik bitim tuzishni rejalashtirgan. Ammo Villianing so'nggi o'yinlardagi harakatlari “aristokratlar”ning 3 yillik kelishuvga rozi bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Villian mavsum restartidan so'ng “Chelsi”ning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turibdi.

Agar bordiyu kelishuv amalga oshmagan taqdirda ham Villian Londonni tark etmoqchi emas, u “Arsenal” yoki “Tottenxem”da paydo bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com