"Chelsi" va "Nyukasl" Rafinyaga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
15 noya 2023
"Chelsi" va "Nyukasl" klublari "Barselona" yarim himoyachisi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, London klubi futbolchi transferi bo'yicha muzokaralarni yaqin kunlarda boshlash niyatida. "Aristokratlar" vingerni o'tgan yil o'z tarkibiga qo'shib olishga uringandi, ammo futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga borib qo'shilishni maqul ko'rgandi.

Shuningdek, futbolchi atrofidagi vaziyatni Angliyaning boshqa bir jamoasi "Nyukasl" ham kuzatib bormoqda. Jamoa o'z tarkibini kuchaytirish uchun Rafinyani munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com