“Chelsi“ va “Liverpul“ 18 yoshli futbolchi uchun kurashmoqda

Khoja
23 may 2025, 08:40
Shotlandiyaning “Mazervella“ jamoasi yarim himoyachisi Lennon Millerga APLning ikki grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

18 yoshli futbolchi bilan “Chelsi“ va “Liverpul“ shartnoma tuzishni reja qilgan. Ikki ingliz grandidan tashqari Lennonga “Atalanta“ ,“Lids“, “Komo“ kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri shotlandiyalikni 4 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru