"Chelsi" transfer maqsadlarini belgilab oldi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024, 15:34
"Ko'klar" ikkita poziciya uchun futbolchilar qidirmoqda.

Londonning "Chelsi" klubi yozgi transfer maqsadlarini aniqlab oldi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabarlarga ko'ra, "ko'klar" o'ng qanot vingeri va markaziy hujumchi qidirmoqda. Shuningdek, klub Nikolas Jekson va Kristofer Nkunkuni qo'yib yubormoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'tgan hafta "Bazel" tayanch yarim himoyachisi Renatu Veyga transferi bo'yicha kelishib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano