"Chelsi" taqiqdan keyingi ilk transferni amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 15:55
"Tromse" hujumchisi Brayan Fiabema "Chelsi" futbolchisiga aylandi.

VG xabariga ko'ra, Norvegiya U-17 termasi hujumchisi bilan 3 yarim yillik shartnomaga imzo chekilgan. "Tromse" ushbu transfer orqali 10 million Norvegiya kronasi (1 million evro atrofidagi mablag') ishlab oldi.

Qayd etish kerak, "Chelsi" transferlar taqiqi olib tashlaganidan keyin ilk transferini amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: VG